22:54 / 22.10.2015
6638

Rossiya TIV: Afg‘oniston va Pokistondagi jangarilarning bir qator yetakchilari IShIDga vafodorlikka qasamyod qildi

Afg‘oniston va Pokiston jangarilarining bir necha yetakchisi IShID guruhiga qasamyod qildi, deb ma'lum qildi Rossiya Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Mariya Zaxarova. Bu haqda RIA “Novosti” axborot agentligi xabar bermoqda.

“Gap nafaqat IShID jangarilarining Afg‘oniston va Pokistonga kelishi, balki Afpok (Afg‘oniston-Pokiston) deb ataluvchi hududda jang qilayotgan terrorchilik guruhlari ba'zi dala qo‘mondonlari IShIDni qo‘llab-quvvatlashi yoki uning yetakchisi Abu Bakr al-Bog‘dodiyga vafodorlikka qasamyod qilganlari haqida ketmoqda”, deb aytdi Zaxarova.

Zaxarovaning aytishicha, al-Bog‘dodiyga “O‘zbekiston islom harakati” yetakchisi Usmon G‘oziy, “Hizb ut-Tahrir”, “Tolibon” va “Lashkar-a-jangviy” terrorchilik guruhlari jangarilari qasamyod keltirgan.

Top