15:30 / 22.10.2015
4130

Sibirlik haydovchi mashinasini evakuatsiya qilishgach, o‘ziga o‘t qo‘ydi

Rossiyaning YHXDI (Yo‘l harakati xavfsizligi davlat inspeksiyasi) Surgut shahri bo‘yicha bosh boshqarma binosida avtomobili evakuatsiya qilinishiga javoban haydovchi o‘ziga o‘t qo‘ydi.

TASS nashri ma'lum qilishicha, bu voqea 22 oktabr kuni tongida ro‘y bergan. Politsiyachilar o‘z vaqtida olovni o‘chirishgan, haydovchi jiddiy jarohatlanmagan. Ayni vaqtda u shifoxonada.

YHXDI tomonidan ma'lum qilinishicha, 1 kun oldin ushbu haydovchi Mayakovskiy ko‘chasida to‘xtatilgan, uning "Gazel" rusumli mashinasi jarima maydonchasiga olib kelingan. Politsiyachilar bu mashina yo‘lda harakatlanish me'yorlariga javob bermaydigan holatda ekanini aytishgan, haydovchi esa aksincha fikrda bo‘lgan.

Hodisani tekshirish uchun tergovchi jalb qilingan.

Top