15:19 / 22.10.2015
4841

Singapur menejmentni rivojlantirish instituti bitiruvchilariga diplomlar topshirildi

Toshkentdagi Singapur menejmentni rivojlantirish institutida beshinchi tantanali bitiruv kechasi – diplomlar taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
2007 yil 5 sentabr kuni imzolangan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Toshkent shahrida Singapur menejmentni rivojlantirish instituti faoliyatini tashkil qilish to‘g‘risida” qarori asosida faoliyatini boshlagan ta'lim dargohini 2015 yilda 364 nafar talaba tamomladi.

Marosimda “Bank ishi va moliya”, “Biznes va marketing”, “Sanoat menejmenti”, “Tadbirkorlik va menejment”, “xalqaro turizm va mehmonxona turizmi”, “Biznesda zamonaviy axborot texnologiyalari”, “Buxgalteriya va moliya” singari yo‘nalishlar bo‘yicha ta'lim olgan bakalavriyat va magistratura bitiruvchilariga hayotning yangi bosqichiga qadam qo‘yishga zafarlar tilandi.

Top