Toshkentda usta o'zi ta`mirlayotgan uydan 3.5 mln so'mlik mahsulotlarni o'g'irlab ketdi. Bu haqda “Ogoh” nashri yozmoqda.

Mirzo Ulug'bek tumanida istiqomat qiluvchi Ibodat ismli ayol tanishlaridan biridan uyini ta`mirlatish uchun usta topib berishni so'ragan. Usta topilgan ham.

Ayol uyni ustaga topshirib ishga ketgan. Bundan foydalanib qolgan erkak 3 mln so'mlik Samsung kir yuvish mashinasi va 500 ming so'mlik uzukni o'g'irlab qochib ketgan.

Tegishli idoraga topshirilgan ariza asosida jinoyatchi tez orada topib, jazoga tortildi. Qimmatliklar egasiga topshirildi.