00:15 / 22.10.2015
2654

WD SanDisk’ni 19 milliard dollarga sotib olganligini e'lon qildi

Qattiq disklar chiqaruvchi Western Digital (WD) SanDisk kompaniyasini 19 mlrd dollar evaziga sotib olganligini e'lon qildi, deb ma'lum qilmoqda rasmiy press-relizda.

Shartnoma SanDisk aksiyalarini WD tomonidan 86,5 dollar qiymat evaziga sotib olish bilan kuchga kiradi.

Ushbu shartnoma kompaniyaga SanDisk kompaniyasining 27 yillik tajribasidan foydalangan holda mustaqil energiyali xotiraga ega texnologiyalar bozoriga kirib borish imkonini beradi. Shu sababdan ham WD kompaniyasi o‘zining raqobatchisi Toshiba kompaniyasidan farqli ravishda 3D NAND texnologiyalari loyihasida yangilik kiritishga umid bildirmoqda.

Top