07:13 / 22.10.2015
4450

WIkileaks MRB rahbarining elektron maktublarini oshkor qildi

WIkileaks portalida MRB rahbari Jon Brennanning elektron maktublarini e'lon qildi. Bu haqda WikiLeaks’ning rasmiy tvitterida ma'lum qilindi.

E'lon qilingan 2007-2008 yillarga oid hujjatlardan ma'lum bo‘lishicha, MRB 2001 yilning 11 sentabridagi terakt bo‘yicha olib borilgan tergovlarda taqiqlangan usullardan foydalangan. Shuningdek, Eron bilan munosabatlar borasida ham shunday holat ro‘y bergan.

Avvalroq Federal qidiruvlar byurosi va kontrrazvedka o‘smir xaker MRX rahbarining pochtasiga buzib kira olgani haqidagi xabarni tekshirayotgani ma'lum qilingandi.

Ma'lumot uchun, Brennan MRB rahbarligiga 2013 yilda kelgan, bungacha u Obamaning terrorizmga qarsh kurash bo‘yicha maslahatchisi sifatida ishlagan. U razvedka xizmati sohasida faoliyat yuritayotganiga 25 yil bo‘ldi.

Top