07:49 / 22.10.2015
3009

"Zenit" YeChL guruh bosqichining birinchi davrasida ochko yo‘qotmagan yagona jamoa bo‘ldi

22 oktabr kuni YeChLning guruh bosqichida 3-tur o‘yinlari yakunlandi.

Bu mavsumda N guruhida ishtirok etayotgan Sankt-Peterburgning "Zenit" jamoasi turnirda hozircha ochko yo‘qotmagan yagona jamoa bo‘lib turibdi.

3-tur arafasida bunday jamoalar soni 6ta edi. 21-22 oktabr kunlari bo‘lib o‘tgan o‘yinlarda «Bavariya», «Yuventus», «Real», «PSJ» va «Benfika» o‘z o‘yinlarida ochko yo‘qotishdi.

"Zenit" esa uchinchi turda "Lion"ni qabul qilib, 3:1 hisobidagi g‘alabaga erishdi. Jamoa ayni vaqtda o‘z guruhida 9 ochko bilan yakkapeshqadam bo‘lib olgan.

Top