22:37 / 23.10.2015
5250

“Krasnogorsk mergani” qo‘shnisining uyidan o‘lik holda topildi

Moskvaning Krasnogorsk tumanida 4 kishini o‘ldirganlikda ayblangan tadbirkor Amiran Georgadze o‘lik holda topildi.

“Krasnogorsk mergani”ni 4 kun davomida uni behuda qidirgan politsiyachilar uni o‘rmondagi dala hovlidan topishgan. Bu dala hovli egasi shahardan qaytganida uyida yotgan jasadga duch kelgan.

Rossiya tergov qo‘mitasi vakili Vladimir Markinning ma'lum qilishicha, Krasnogorsk tumanidagi Timoshkino qishlog‘idan uzoq bo‘lmagan eski dala hovlida erkak kishining jasadi topilgan. “Krasnogorsk mergani”ni oxirgi marta aynan shu hududda ko‘rishgandi.

"Uy egasi dam olish uchun shahar tashqarisidagi bu uyiga kelganida divanda Makarov pistoleti orqali otilgan erkakni uchratadi. U darhol huquq-tartibot organlari xodimlariga murojaat qilgan", deyiladi Tergov qo‘mitasi xabarida.

Ekspertlar gumonlanuvchi qidiruvlarning birinchi kunida o‘z joniga qasd qilganini taxmin qilishmoqda.

Ma'lumot uchun, joriy yilning 19 oktabr kuni Krasnogorsk hokimligi binosida Krasnogorsk tumani hokimining birinchi o‘rinbosari Yuriy Karaulov va Krasnogorsk elektr tarmog‘i rahbari Georgiy Kotlyarenko o‘ldirib ketilgandi.

Yo‘lda Georgadze yo‘lida uchragan mahalliy aholi vakilini otib tashlagan. Keyinroq uning shahar chetidagi uyida biznes hamkori Trestan Zakaidzening jasadi topildi.

Unga nisbatan federal qidiruv e'lon qilinib, 1 mln rubl mukofot tayinlangandi.

22 oktabr kuni qotillikka aloqadorligi gumon qilinib, Georgadzening haydovchisi Shota Elizbarashvili hibsga olingandi.

Top