11:54 / 23.10.2015
5815

Devid Kemeron Si Tszinpinni pivoxo‘rlikka taklif etdi

Xitoy Xalq Respublikasi raisi Si Tszinpinning Britaniyaga rasmiy tashrifi davom etmoqda.

Kecha Londonda imperatorlardek qarshi olingan Xitoy yetakchisi, bugun mamlakat bosh vaziri Devid Kemeron bilan uchrashdi.

Qirollik bosh vaziri Si Tszinpinni pivo bilan mehmon qilgan.

Uchrashuv vaqtida Xitoy rahbari Britaniya-Xitoy munosabatlari tezkor rivojlanish bosqichiga o‘tishini ta'kidlab o‘tgan.

Eslatib o‘tamiz, 19 oktabr kuni XXR raisi Si Tszinpin turmush o‘rtog‘i Pen Liyuan hamrohligida to‘rt kunlik rasmiy tashrif bilan Britaniyaga keldi.

Tashrif jarayonida britan va xitoy tadbirkorlari o‘rtasida umumiy miqdori 62 milliard dollardan iborat 150dan ziyod shartnomalar imzolanadi.

Top