19:12 / 23.10.2015
6395

Pele 75 yoshda. Chempionning g‘alabali yo‘li

23 oktabr kuni XX asrning eng yaxshi futbolchisi hisoblangan, barchaga Pele nomi bilan yaxshi tanish bo‘lgan Edson Arantis du Nasimentu 75 yoshga to‘ldi.

Braziliyalik hujumchi o‘zining 21 yillik professional faoliyatida uch karra jahon chempioni, ikki karra Libertadores kubogi va qit'alararo kubok sohibi, shuningdek, qit'alararo superkubok chempioni bo‘ldi.

Pele o‘z faoliyati davomida 1363 o‘yin o‘tkazib, 1289 ta gol kiritgan.

1. Braziliya terma jamoasi 1958 yilgi jahon chempionati finalida, Shvetsiya bilan uchrashuv oldidan. Pele pastgi qatorda, chapdan uchinchilikda. 

2. Pele milliy terma jamoada 1957—1971 yillar ichida 92 ta o‘yin o‘tkazib, 77 ta to‘p kiritdi.

3. Uning haqiqiy ismi Edson Arantis du Nasimentu. Pele nomini o‘smirlik payti olgan. Bu borada turli taxminlar yuradi, ammo ularning hech biri aniq to‘xtamga ega emas.

4. Pele uch marta oila qurgan. Ikki oilasidan so‘ng uning uch nafar farzandi bor: uch nafari birinchi rafiqasidan, ikki nafari ikkinchi rafiqasidan. Uchinchi raqiasi bilan u 2014 yilda oila qurdi. Suratda: birinchi rafiqasi Rozmeri dos Reys Sholbi bilan Germaniyaga tashrif vaqtida. 1966 yil.

5. U futbol bo‘yicha uch karra jahon chempioni hisoblanadi. Suratda 1970 yilgi jahon chempionatida yagona goli bilan Italiyani finalda mag‘lub etgan Pele golni nishonlamoqda.

6. Pele 1970 yilgi g‘alabasini nishonlamoqda.

7. Pele va Argentina terma jamoasi hujumichisi Diyego Maradona Sport Oscar marosimida. 1987 yil. 

8. Ikki futbol afsonasi sobiq ittifoq darvozaboni Lev Yashin va Pele uchrashuvi. 1988 yil.

9. Pele jamoatchilik ishlarida faol qatnashadi. Suratda: OITS kasalligiga qarshi o‘tkazilgan aksiyada. 1988 yil.

10. Pele va amerikalik bokschi Moskvadagi golf-klubi ochilishi marosimida. 1988 yil.

11. Pelening aytishicha, u faqatgina o‘zi ishongan brendlarnigina reklama qiladi. Suratda: 2003 yilda “Kofe Pele” markasini qo‘llab-quvvatlash uchun Moskvaga tashrif buyurgan vaqti.

12. Pele faqat futbol bilan cheklanib qolgani yo‘q. Uning qiziqish doirasi ancha keng. Suratda: Braziliyada bo‘lib o‘tgan

“Formula 1” gran-prisida bayroq bilan.

13. Braziliya terma jamoasining sobiq hujumichisi Germaniya sobiq kansleri Gerxard Shreder bilan uchrashuvda. 

14. Pele Xalqaro olimpiya qo‘mitasi tomonidan asr sportchisi deb e'tirof etilgan. Ammo futbolchi biror marta ham olimpiya o‘yinlarida qatnashmagan. FIFA Peleni XX asrning eng yaxshi futbolchisi deb topgan.

15. Pele va Angliya terma jamoasining sobiq yarim himoyachisi Devid Bekxem bilan.

16. Pele bolalar futbol maydonchasi ochilish marosimida. 

17. 2014 yil jahon chempionati paytida Santus shahrida Pelega bag‘ishlab muzey ochildi.

18. Pelening aytishicha, hayotidagi eng muhim medal Braziliya taraqqiyot vazirligi tomonidan olgan medalidir. Futbolchi faoliyatini yakunlagach, “Men Peleman” kitobini nashrdan chiqardi.

Top