09:18 / 23.10.2015
3230

Hillari Klinton ishtirok etgan Bengaziya bo‘yicha eshittiruv 11 soat davom etdi

Amerika kongressida Liviyaning Bengaziya shahrida bo‘lib o‘tgan hodisa yuzasidan eshittiruv 11 soat davom etdi, deya xabar berdi Reuters agentligi.

2012 yilda Davlat kotibi lavozimida faoliyat ko‘rsatgan AQSh prezidentligiga nomzod Hillari Klinton respublikachilar boshchiligida tuzilgan maxsus qo‘mita oldida Amerika Qo‘shma shtatlarining Suriyadagi elchisi va yana uch AQSh fuqarosining o‘limiga sabab bo‘lgan voqealarda amerikaliklar hayotini saqlab qolish bo‘yicha zarur choralarni ko‘rmagani yuzasidan javob berdi.

Qayd etilishicha, bir qator respublikachilari Klintonning qat'iyligini yuqori baholab, ilgari surilgan ayblovga qarshi chiqishdi.

Avvalroq Klinton Bengaziyadagi amerikaliklar o‘limi uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olgani to‘g‘risida xabar qilingan edi. Shuningdek, sud ishida u elektron pochta orqali davlat xizmatchilari bilan qariyb muloqotda bo‘lmaganini aytib o‘tdi.

Top