16:01 / 23.10.2015
3184

Lens Armstrong sudda 1993 yildagi Million Dollar Race poygasi g‘olibligi uchun pora berganini tan oldi

Amerikalik velopoygachi , Sidney olimpiadasining bronza medal sohibi, yettita «Tur de Frans» ko‘p kunlik velopoygalari g‘olibligidan mahrum qilingan Lens Armstrong 1993 yildagi Million Dollar Race poygasi g‘olibligi uchun pora berganini sudda tan oldi. Bu haqda Velo News nashri xabar tarqatdi.

Manbaning ma'lum qilishicha, sportchi italiyalik Roberto Gadjoliga agar uning jamoasi Armstrong ishtirok etayotgan Motorola`ga yutqazib bersa 100 ming AQSh dollari berishni va'da qilgan.

Shuningdek, sud eshituvi davomida amerikalik sportchi BMC Racing Team amaldagi rahbari Jim Ochovichning mazkur ishga aloqador ekanini tak'idlab o‘tgan.

Top