09:25 / 23.10.2015
7178

Lionel Messi Ronaldu hamda argentinaliklar haqda gapirib o‘tdi

“Barselona” hujumchisi jarohatlari borasida bir qancha savollarga javob berib o‘tdi.

Mag‘lubiyatni qarshi olish

“Men mag‘lubiyatni oldin qanday qarshi olsam, hozir ham shunday qarshi olaman. O‘zi azaldan yutqazishni yomon ko‘raman. Uyga qaytgach, o‘g‘limning oldida uyalaman”.

Futbol olamidagi haqiqatga aylantirilgan yolg‘onlar

“Biz tezligi soatiga 1000 km. bo‘lgan jamiyatda yashayapmiz. Borgan sari o‘sib, taraqqiy etib borayotgan futbol ichida ham shunga o‘xshash gap-so‘zlar yetarlicha topiladi.

Krishtianu Ronaldu bilan bir davrda to‘p surish uning rivojiga hissa qo‘shadimi?

- Odamlar bu haqda gapirishyapti. Men Ronaldu bilan raqobatga kirishmayman va o‘ylaymanki, u men bilan raqobatlasha olmaydi. Men o‘z jamoamdagi eng yaxshisi bo‘lishni istayman va shuning uchun harakat qilyapman.

Argentinalik futbol muxlislari haqda

- Aksari argentinaliklarning ehtirosini hisobga olib shuni aytishim mumkinki, ular mamlakatdan chiqqan har qanday sport yulduzini juda yaxshi ko‘rishadi. Ammo ularni haqorat qiladigan va qadriga yetmaydigan odamlar ham uchrab turadi.

Orzular haqda
- Men orzu qilmayman. Men o‘z oilam bilan baxtli yashashni istayman. Albatta, menda o‘ziga yarasha ishonch va intilish bor. Ammo bu o‘ta shaxsiy masala.

Top