10:33 / 23.10.2015
2799

Meksika qirg‘oqlari yaqinida "Patrisiya" dovuli tufayli xavfli holat yuzaga keldi

Meksikaning janubi-g‘arbiy qirg‘oqlari yaqinida "Patrisiya" dovuli tufayli xavflilikning beshinchi darajasi e'lon qilindi. Bu haqda AQSh dovullar bo‘yicha milliy markazi tvitteri orqali xabar berilgan.

Ma'lum qilinishicha, shamol tezligi soatiga 257 km.gacha ko‘tarilishi mumkin. Ayni vaqtda dovul Kolima shtatining Mansilo shahridan 320 km uzoqlikda soatiga 20 km tezlik bilan harakatlanmoqda.

"Katta zararlar keltirish ehtimoliga ega "Patrisiya" dovuli Meksikaning janubi-g‘arbiga yaqinlashmoqda", deyiladi markaz saytida.

Meksikaning janubiy qirg‘oqlaridan 50 ming kishi xavfsiz hududlarga evakuatsiya qilinishgan.

Top