11:08 / 23.10.2015
12362

Qirg‘izistonning sobiq prezidenti 5 yildan buyon birinchi marta jamoatchilik oldiga chiqdi

Qirg‘izistonning sobiq prezidenti Qurmanbek Bakiyev 5 yil ichida birinchi marta jamoatchilikka ko‘rinish berdi.
Shuncha yillardan buyon ilk marotaba intervyu berayotgan sobiq davlat rahbari 2010 yil 7 aprel kuni bo‘lib o‘tgan voqealarga o‘z munosabatini bildirdi. Shuningdek, u Belarusdagi hayoti haqida gapirdi.

Anjuman Bakiyevning “Azob, muhabbat, ilinj: mening Qirg‘izistonim” kitobi taqdimoti munosabati bilan o‘tkazildi.
Bakiyevning ta'kidlashicha, uning kitob yozishiga sabab bo‘lgan asosiy omillardan biri Qirg‘izistonning amaldagi rahbariyati unga axboriy xuruj qilishda davom etayotganligi bo‘lgan.

“Ha, men tanqidga munosibman, lekin bunaqa oshkora qoralashga munosib emasman”, - deb hisobladi u. Shuningdek, u o‘sha kuni Oq uy yaqinida halok bo‘lganlarning hech biri, ballistik ekspertiza natijalariga ko‘ra, uning odamlari tomonidan o‘ldirilmaganini ta'kidladi.
Bakiyev “davlat to‘ntarishi tashqi kuchlarning yordamisiz sodir bo‘lmas edi”, deb hisoblashini aytdi.

Top