01:18 / 23.10.2015
5461

Rossiya Bosh shtabi: aviatsiya Evfrot daryosi ustidagi ko‘prikka zarba berib, IShIDni Iroqdan ta'minlash yo‘lini to‘sdi

Rossiya Qurolli kuchlari Bosh shtabi bosh tezkor boshqarmasi boshlig‘i general-polkovnik Andrey Kartapolov Rossiya aviatsiyasi Suriyada Evfrot daryosidagi ko‘prikka zarba bergani va shu tariqa IShID terrorchilarini Iroqdan ta'minlanishini to‘sib qo‘yganini ma'lum qildi. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligining matbuot bayonotida ma'lum qilindi.

“Dayr-az-Zo‘r hududidagi Evfrot daryosidagi ko‘prik logistik zanjirning muhim obekti hisoblanadi. Bugun rossiyalik uchuvchilar bu obektga aniq zarbalar berdi, oqibatda ko‘prik terrorchilar tomonidan o‘z maqsadlari yo‘lida foydalanishga yaroqsiz holga keldi”, deb aytdi Kartapolov.

Kartapolovning aytishicha, Iroqdan IShID jangarilariga qurol-aslaha, o‘q-dorilar va moddiy mablag‘lar yetkazib berish yo‘li rus dronlari tomonidan fosh qilingan.

“Ta'kidlab o‘tmoqchiman, zarba bizning amerikalik hamkorlarning ta'kidlashicha, IShID tuzilmalari nazoratida bo‘lgan hududga berildi”, deb qo‘shimcha qildi Kartapolov.

Kartapolovning ta'kidlashicha, suriyalik harbiylar bundan foydalanib, jangarilardan tayanch punktlaridan birini orqaga qaytarib oldilar.

Top