19:03 / 23.10.2015
3753

Rossiya kompaniyasi 6 mlrd dollarga 2019 yilgacha Qozog‘iston-Rossiya-Belarus avtotrassasini qurib bitkazadi

Rossiyaning “Russkaya Xoldingovaya Kompaniya” YoAJ Pekinda Qozog‘iston-Rossiya-Belarus pullik avtotrassasining loyihasini namoyish qildi. Pekinda bo‘lib o‘tayotgan Xorijiy investitsiyalar Xitoy yarmarkasida (COIFAIR-2015) kompaniyaning direktorlar kengashi a'zosi Mariya Vinnichenko TASS axborot agentligi muxbiri bilan suhbatda yo‘l 2019 yilda foydalanishga topshirilishini ma'lum qildi.

“Hozirda Tambov viloyatida zarur yo‘l sotib olindi, yil oxirigacha biz investitsiyalarning umumiy miqdoriga aniqroq baho bera olamiz. Hozirgi baholashimizga ko‘ra, loyihaning umumiy narxi 6 mlrd dollardan oshib ketmaydi, bu pullar yerni sotib olish va yo‘lning o‘zining qurilishini o‘z ichiga oladi”, deb aytdi Vinnichenko.

Vinnichenkoning aytishicha, yo‘l qurilishi 2017 yilda boshlanadi. Yo‘l Orenburg viloyatidagi, Rossiya va Qozog‘iston chegarasidagi “Sagarchin” avtomobil o‘tkazish punktidan boshlanib, Belarus va Smolensk viloyati chegarasidagi M1 federal trassasiga chiqish bilan yakunlanadi. “Bu pullik ikki yo‘nalishiga ega yo‘l bo‘lib, uning umumiy uzunligi 1956 km ni tashkil qiladi hamda Rossiyaning bir nechta regionidan o‘tadi”, deb ta'kidlamoqda Vinnichenko.

“Ayni paytda Rossiyada bu loyihaning analoglari yo‘q. Osiyodan Yevropaga 96 foiz yuklar Suvaysh kanali orqali o‘tadi. Bunday tashish eng arzonga tushadi, biroq 45 kunga yaqin vaqtni oladi, temir yo‘l transportida esa bunga 15-25 kun sarflanadi. Avtomobil yo‘llarida esa bunday tashishlar to‘g‘ri, tezlik katta bo‘lgan yo‘nalishning yo‘qligi tufayli umuman onda-sonda amalga oshiriladi. Bizning loyiha Shanxaydan (Xitoy) Gamburgga (Germaniya) yuklarni 10-15 kunda yetkazish imkonini beradi, bundan tashqari tashishlar temir yo‘l transportidan arzonroqqa aylanadi”, deb qo‘shimcha qilib o‘tdi Vinnichenko.

Top