21:41 / 23.10.2015
5097

Suriya axborot vaziri urushning eng og‘ir bosqichi bosib o‘tilganini aytdi

Suriya axborot vaziri Umron az-Zoubiy Suriyadagi urushning eng og‘ir bosqichi bosib o‘tilgani aytdi. Bu haqda vazir Damashqda Rossiyadagi suriyaliklar diasporasi vakillari bilan uchrashuvda aytib o‘tdi, deb xabar bermoqda SANA agentligi.

Az-Zoubiyning ta'kidlashicha, keyingi bosqichda ko‘plab davlatlarning Suriyaga nisbatan munosabati o‘zgaradi. Vazirning aytishicha, Suriya siyosiy yo‘nalishda ham, terrorchilikka qarshi kurashda ham oldinga siljimoqda, chunki “Suriya siyosiy yechimlarni terrorchilarni yo‘q qilib bo‘lmaguncha va Suriyaning barcha yerida barqarorlikka erishmaguncha bajara olmaydi”.
Az- Zoubiy hech qaysi bir davlat Suriyaga o‘zining ustunligini o‘tkazish yoki kuch bilan mamlakat konstitutsiyasi va siyosiy tizimni o‘zgartirishga majbur qilish huquqiga ega emas.

Rossiyalik suriyaliklar delegatsiyasi, o‘z navbatida, Rossiyadagi suriyaliklarning eng asosiy vazifasi Suriya bilan OAV, iqtisodiyot va parlamentlararo o‘zaro munosabatlar sohasidagi strategik hamkorlikni kengaytirishdan iboratligini ta'kidlab o‘tdi.

Top