17:27 / 23.10.2015
6248

The New York Times Suriyaga harbiy kuchlarni safarbar etish borasida Vashingtonning rejasidan boxabar bo‘ldi

AQSh prezdenti Barak Obama ma'muriyati Suriya chegarasi yaqinida harbiy safarbarlik uchun uchish-qo‘nish zonasini tashkil etish masalasini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda The New York Times nashri Oq uydagi manba ma'lumotiga asoslanib xabar bermoqda.

Nashrning ma'lum qilishicha, bunday zonani Suriya chegariga yaqin hududda joriy etish masalasini hal etish masalasida 18 oktabr kuni Oq uyda AQSh davlat kotibi Jon Kerri va bir qancha yuqori lavozimli amaldor qatnashgan majlis bo‘lib o‘tgan. Unda Pentagon rahbari Eshton Karter bu g‘oyani qo‘llab-quvvatlamadi. Chunki u yerga qurolli qo‘shinni yuqori darajada olib kirish Rossiya qo‘shinlari bilan to‘qnashish xavfini oshirib yuboradi.

The New York Times nashrining guvohlik berishicha, AQSh prezidenti Barak Obama majlisga qatnashmagan. Nashrning aytishicha, u majlisga qatnashganida o‘chish-qo‘nish zonasini tashkil etish masalasiga izchil qarshilik ko‘rsatgan bo‘lar edi.

Top