09:52 / 23.10.2015
6539

Xitoylik 14 ming dollar evaziga Yelizaveta II karetasining nusxasini yasattirdi

Xitoyning Gansu viloyatida yashovchi kishi Buyuk Britaniya qirollik oilasiga tegishli muhtasham kareta ko‘rinishidagi ot-arava uchun 14 ming dollar sarfladi. Bu haqda Shanghaiist xabar bergan.

Qirolicha Yelizavetaning Diamond Jubilee State Coach nomli haqiqiy karetasi Freklington ustaxonasi tomonidan yasalgan, uning uchun 250 ming dollar mablag‘ sarflangan. Kareta oyna ko‘targich moslamasi gidravlik stabilizatorlar bilan ta'minlangan.

Qayd etilishicha, xitoylikning karetasi qirolichaniki bilan tenglasha olmasada, u o‘z xarajati uchun afsuslanmayapti. U o‘z karetasi bilan Xitoydagi turli marosimlarda xizmat qilish orqali 200 dollar ishlab topmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Xitoy rahbari Si Tszinpin Buyuk Britaniyaga 4 kunlik safar uyushtirgan, qirollikda uni imperatorlardek kutib olishgan, rais qirolichaning hashamatli karetasida sayr qilgandi.

Top