20:41 / 23.10.2015
4255

Yaponiya va Turkmaniston neft-gaz loyihalariga 18 mlrd dollar sarflaydi

Yaponiya va Turkmaniston energetika sohasida hamkorlik qilish haqida kelishuvni imzoladi. Kelishuv doirasida umumiy miqdori 18 mlrd dollarlik loyihalarni amalga oshirish rejalashtirilmoqda. Bu haqda Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe o‘zining Ashxobodga tashrifi vaqtida aytib o‘tdi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.

Hujjatda Turkmaniston Yaponiyaning mamlakatdagi gaz infratuzilmasini rivojlantirish va issiqlik elektr stansiyalarining qurilishidagi ishtirokiga ijobiy munosabatdaligi aytilgan, deb xabar bermoqda Yaponiyaning NHK telekanali. Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuxamedov davlatlar iqtisodiy munosabatlarni rivojlantirayotganini ta'kidlab o‘tdi, ular esa o‘z navbatida neft, gaz va kimyo sohasidagi yirik loyihalarda o‘z aksini topadi.

Turkmaniston Abe Markaziy Osiyo davlatlari bo‘ylab safarida tashrif buyurgan birinchi davlat bo‘ldi. Bundan bir kun oldin, 22 oktabrda Abe Mo‘g‘ilistonda bo‘ldi. Abe safari davomida, shuningdek, O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikistonga tashrif buyuradi. Yaponiya bosh vazirining safaridan asosiy maqsad – u mintaqa davlatlari bilan aloqalarni mustahkamlamoqchi.

Top