10:39 / 24.10.2015
3044

“Chegara bilmas shifokorlar” shifoxonasiga berilgan zarba qurbonlari 23 nafar bo‘ldi

3 oktabr kuni Afg‘onistonning Qunduz shahrida joylashgan “Chegara bilmas shifokorlar” tashkiloti shifoxonasiga xatolik tufayli berilgan zarba qurbonlari soni 23 nafarni tashkil etdi. Bu haqda tashkilot saytida xabar berildi.

Shu tariqa, tashkilot bu hujum tufayli yana bir xodimi halok bo‘lganini tasdiqladi.

3 oktabr kuni AQSh samolyoti bu shifoxona binosini jangarilar bazasi sifatida gumon qilib, havo zarbasini amalga oshirgan, natijada 13 shifokor va hamshira, shuningdek 10 nafar bemor halok bo‘lgan. Qurbonlarning 3 nafari bolalar edi.

Shuningdek, o‘nlab kishilar jarohatlangan.

Pentagon, NATO va Afg‘oniston bu voqea bo‘yicha tekshiruvlar olib bormoqda.

Top