16:23 / 24.10.2015
3508

BMTning 70 yilligi munosabati bilan Yer yuzidagi ko‘plab binolar ko‘k rangda yoritiladi

24 oktabr kuni BMTning 70 yilligi munosabati bilan dunyoning 60dan ortiq mamlakatida “Dunyoni BMTning ko‘k rangiga bo‘ya” kampaniyasi bo‘lib o‘tadi.

Aktsiya doirasida 200dan ortiq bino, haykal va ko‘priklar Birlashgan Millatlar Tashkilotining rasmiy rangi – ko‘k rangda yoritiladi.

Ushbu aksiya Yangi Zelandiyada start oladi, so‘ngra Avstraliyadagi Sidney opera teatrini yoritish bilan davom ettiriladi. Ko‘k rangda yoritiladigan binolar ichida Sankt-Peterburgdagi Ermitaj hamda Petropavlov qal'asi, Nyu-Yorkdagi Empayr Steyt Bilding, Buyuk Xitoy devori, Gizadagi piramidalar va boshqalar mavjud.

Nyu-Yorkdagi BMT shtab-kvartirasi bir kun oldin, 23 oktabr kuni bayramona ko‘rinishga kirgan. 

Top