18:56 / 24.10.2015
8544

KUN.UZ dayjesti: 24 oktabr, O‘zbekiston xabarlari

Hurmatli o‘quvchilar, e'tiboringizga 24 oktabr kuni ro‘y bergan eng asosiy yangiliklarni takroran havola etamiz.

Yaponiya bosh vaziri Toshkentga yetib keldi>>

24 oktabrda kechki payt O‘zbekistonga rasmiy tashrif bilan Yaponiya bosh vaziri Shindzo Abe yetib keldi

Shindzo Abe: Mazkur tashrifim Yaponiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi tarixiy va insoniy aloqalarni yanada chuqurlashtirishga xizmat qiladi>>

Yaponiya bosh vaziri Shindzo Abe o‘zining O‘zbekistonga rasmiy tashrifi arafasida “Jahon” axborot agentligi savollariga javob berdi.

Polsha bilan yaratilgan yangi qo‘shma korxona O‘zbekistonda yo‘llarni ta'mirlash bilan shug‘ullanadi>>

O‘zbekistonda birdaniga ikkita O‘zbekiston-Polsha qo‘shma korxonasi ochish rejalashtirilmoqda. Ulardan biri deyarli tashkil etib bo‘lingan hamda yo‘llarni ta'mirlash bilan shug‘ullanadi, ikkinchisi esa tog‘-konchiligi sohasida faoliyat olib boradi. Bu haqda Polshaning Toshkentdagi elchixonasi savdo va investitsiyalarga ko‘mak berish bo‘limidagi manbaga iqtibos keltirgan holda Sputnik nashri ma'lum qildi.  

Toshkent metrosi loyihachilari “yengil metro” loyihasi ustida ish olib borishmoqda>>

Toshkent metrosining Sirg‘ali liniyasi qurilishi bilan “Metroloyiha” loyihalash instituti shug‘ullanmoqda. Bu haqda Uzbekistan Today nashriga “Toshkent metropoliteni” DUK bosh muhandisi Baxtiyor G‘ulomov ma'lum qildi.

O‘zbekistonlik kurashchilar Rossiyadagi turnir sovrindorlari bo‘lishdi>>

O‘zbekistonlik kurashchilar Dog‘istondagi Qizilyurt shahrida o‘tkazilgan erkin kurash bo‘yicha IX xalqaro turnirda sovrindorlar safidan o‘rin olishdi.

«Minor» masjidi gumbazini ta'mirlash ishlari olib borilmoqda (foto)>>

Toshkentdagi «Minor» jome' masjidi gumbazini ta'mirlash ishlari boshlandi. Bu haqda «Gazeta.uz» xabar bergan.

XVJ O‘zbekiston gaz eksportini Rossiyadan Xitoyga yo‘naltirganini muvaffaqiyatli deb atadi>>

Xalqaro valyuta jamg‘armasi (XVJ) O‘zbekiston YaIMning 2016 yildagi o‘sishi bashoratini 7 foiz darajasida qoldirdi. Bunga uzoq muddatli gaz yetkazib berish Rossiyadan Xitoyga o‘z vaqtida yo‘naltirilgani sabab bo‘ldi. Bu haqda 23 oktabr kuni e'lon qilingan mintaqa siyosati istiqbollariga oid hisobotda so‘z yuritilgan.

O‘zbekistonda 2016 yildan “Ustyurt” gaz-kimyo majmuasi o‘z faoliyatini boshlashi rejalashtirilmoqda>>

O‘zbekiston kimyo sanoati rivojlanishda davom etmoqda. O‘zbekiston va Janubiy Koreya hamkorligida yaratilayotgan 4 mlrd dollarlik “Ustyurt” gaz-kimyo majmuasi 2016 yildan o‘z faoliyatini boshlashi rejalashtirilmoqda. Bu majmuada polietilen va polipropilen ishlab chiqariladi. Majmua qurilishi 2012 yilda boshlangan edi.

O‘zbekistonlik chegarachilar qirg‘izistonlik kontrabandachini jarohatlashdi>>

O‘zbekistonlik chegarachilar Qirg‘iziston hududida noqonuniy mollarning kirib kelishini to‘xtatib qolishdi.

O‘zbekistonda noqonuniy tekshirishlar miqdori 1 yil ichida 1,9 baravar kamaydi>>

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida adliya organlari va muassasalari tomonidan 2015 yilning 9 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar va kelgusida qilinishi lozim bo‘lgan vazifalarga bag‘ishlangan kengaytirilgan yig‘ilish o‘tkazildi.

O‘zbekistonlik bokschi Axror Mirolimov professional ringdagi ikkinchi mag‘lubiyatini qabul qilib oldi>>

Professional boksning superog‘ir vazn toifasida o‘z janglarini o‘tkazib kelayotgan o‘zbekistonlik Axror Mirolimov (16-2, 13 KO) bugun, 24 oktabr kuni Jarrel Millerga qarshi ringga ko‘tarildi. Ushbu jang AQShning Arizona shtati Finiks shahrida tashkil etilgan boks oqshomi doirasida bo‘lib o‘tdi.

Parkentda IShID varaqasi tarqatgan o‘smir 9 yilga ozodlikdan mahrum etildi>>

Sud mahkamalari Toshkent viloyatining Parkent tumanidagi kollej sobiq o‘quvchisi Firdavs Salimovni kollej hududida IShID varaqasi tarqatganlikda ayblab, hukm chiqardi.

Yuqori Chirchiqda qalbaki spirtli ichimliklar ishlab chiqaruvchilar qo‘lga olindi>>

Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiqda tumanida istiqomat qiluvchi fuqarolar Aziz Ibrohimov va Rahmat Umidovlar qalbaki alkogol ichimliklar ishlab chiqarishda ayblanib, qo‘lga olindi.

Pekinda ShHT MKKning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi>>

2015 yilning 20-23 oktabr kunlari Pekin shahrida Shanxay hamkorlik tashkilotiga a'zo davlatlar Milliy koordinatorlar kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston TIV matbuot xizmati xabar bergan.

O‘zbekistonning Tojikiston bilan chegarasida 2ta yirik giyohvand moddalar partiyasi qo‘lga olindi>>

O‘zbekistonlik chegarachilar keyingi bir necha kun ichida Tojikistondan O‘zbekiston hududiga kirib kelayotgan yuk poyezdlarini tekshirish chog‘ida 2ta yirik giyohvand moddalar partiyasini qo‘lga olishdi. 

O‘zbekistondan Qirg‘izistonga katta miqdorda valyuta olib o‘tilishi to‘xtatib qolindi>>

Botkent viloyatida Qirg‘iziston fuqarosi katta miqdordagi valyuta bilan qo‘lga olindi. Bu haqda Qirg‘iziston davlat chegaralarini qo‘riqlash xizmati ma'lum qilgan.

Moskva-Tehron sayyohlik poyezdi O‘zbekiston hududidan o‘tadi>>

016 yilda Moskvadan Tehronga sayyohlik poyezdi yo‘lga qo‘yilishi rejalashtirilmoqda.

Xonandalar Dilso‘z va Farrux Raimov 4 yil oldin turmush qurishgani ma'lum bo‘ldi>>

Ijtimoiy tarmoqlarda hamon xonandalar Dilso‘z va Farrux Raimov atrofidagi g‘iybatlar davom etmoqda.

Top