19:50 / 24.10.2015
9855

KUN.UZ dayjesti: 24 oktabrda ro‘y bergan eng qiziqarli xabarlar

Hurmatli o‘quvchilar, e'tiboringizga 24 oktabr kuni ro‘y bergan eng qiziqarli voqealar haqidagi xabarlarni takroran havola etamiz.

BMT qamalda qolgan suriyaliklarga xatolik tufayli yaroqlik muddati o‘tib ketgan pechene yubordi>>

BMT Damashq yaqinida qamalda qolgan hududlarda yashovchi suriyaliklarga xatolik tufayli yaroqlik muddati o‘tib ketgan pechene yubordi. Bu haqda Associated Press axborot agentligi ma'lum qildi.

Putin o‘zini temir qanotli kabutar deb atadi>>

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Valday forumidagi ishtirok vaqtida o‘ziga berilgan murakkab savoldan mohirlik bilan chiqib keta oldi.

BMTning 70 yilligi munosabati bilan Yer yuzidagi ko‘plab binolar ko‘k rangda yoritiladi>>

24 oktabr kuni BMTning 70 yilligi munosabati bilan dunyoning 60dan ortiq mamlakatida “Dunyoni BMTning ko‘k rangiga bo‘ya” kampaniyasi bo‘lib o‘tadi.

Yangi iPhone 7 smartfonining afsonaviy sirlari>>

Apple kompaniyasi yangi iPhone 6s smartfonini taqdim etganiga ikki oy ham to‘lmasi, OAVlar kompaniyaning yangi smartfoni fragmenti haqida bong urishni boshlashdi. Mutaxassislar iPhone 7 da “Home” tugmachasi bo‘lmasligi va qurilmaning ekrani yanada katta bo‘lishi aniqlashdi.

35 km/soniya tezlikda harakatlanayotgan 2015 TB145 asteroidi 31 oktabrda Yerga rekord darajada yaqin keladi>>

NASA mutaxassislari 31 oktabr kuni Yerga rekord darajada yaqin keladigan ulkan 2015 TB145 asteroidini aniqlashdi. Uning diametri 300 metrdan 600 metrgacha keladi. U 35 km/soniya tezlikda harakat qilmoqda.

Barak Obama respublikachilarni internetda mashhur mem Badjahl mushukchaga qiyosladi>>

AQSh prezidenti Barak Obama Respublikachilar partiyasi vakillarini internetda mashhur mem Badjahl mushukchaga qiyosladi, deb ma'lum qildi ABC News telekanali.  

Isroilliklar “Temir nur” deb nomlangan jangovor lazer tizimini namoyish qildi>>

Isroilning Rafael Advanced Defense System kompaniyasi Seuldagi ko‘rgazmada “Temir nur” deb nomlangan jangovor lazer tizimini namoyish qildi, deb xabar bermoqda Jane's 360 nashri.

Ramzon Qodirov: Qur'on va Injildagi muqaddas yozuvlar haqidagi qonun Nuh payg‘ambar o‘z kemasida suzishni to‘xtatgan muqaddas kun qabul qilindi>>

Muqaddas kitoblardagi yozuvlarni ekstremistik deb tan olinishini taqiqlovchi qonun loyihasi 23 oktabrda Rossiya Davlat dumasi tomonidan Nuh payg‘ambar o‘z kemasida suzishni to‘xtatgan kun sifatida nishonlanadigan Oshuro kunida (Muharram oyining o‘ninchi kuni) qabul qilindi.

Ro‘ziqul Berdiyevga xorij jamoasida ishlash taklifi tushgan>>

"Nasaf" futbol klubi sport direktori Vitaliy Ni jamoa ustozi Ro‘ziqul Berdiyevga xorij klublaridan takliflar tushayotganini aytib o‘tdi.

Zara asoschisi Forbes talqini bo‘yicha yer yuzidagi eng boy kishi deb topildi>>

Inditex kompaniyasi (Zara tarmoqlari va boshqalar) rahbari Amansio Ortega ilk bor Forbes jurnalining “ayni damda” talqini bo‘yicha jahonning eng boy kishilaridan biri bo‘ldi.

Tsukerbergning 2016 yilda ochiladigan maktabiga hali tug‘ilmagan bolalar ham qabul qilinadi>>

Facebook ijtimoiy tarmog‘i asoschisi va bosh direktori Mark Tsukerberg o‘z turmush o‘rtog‘i Pristsilla Chan bilan birgalikda bepul xususiy maktab ochishmoqchi.

Toshkent metrosi loyihachilari “yengil metro” loyihasi ustida ish olib borishmoqda>>

Toshkent metrosining Sirg‘ali liniyasi qurilishi bilan “Metroloyiha” loyihalash instituti shug‘ullanmoqda. Bu haqda Uzbekistan Today nashriga “Toshkent metropoliteni” DUK bosh muhandisi Baxtiyor G‘ulomov ma'lum qildi.

Insoniyat ehtiyoj sezayotgan 20 ixtiro>>

Ba'zida kutilmagan va ahmoqona tuyulgan g‘oyalar ham kundalik tashvishlarni yengillashtiradigan eng yaxshi yechimga aylanishi mumkin. Odamlar kundalik yumushlarimizni sezilarli darajada osonlashtiradigan qurilmalarni kundan-kunga o‘ylab topishmoqda.

2015 yil so‘nggi 136 yil ichidagi eng issiq yil deb topildi>>

2015 yilning yanvar-sentabr oylari oralig‘ida okean usti hamda quruqlikdagi o‘rtacha havo harorati 136 yil ichidagi eng yuqori ko‘rsatkichni qayd etdi.

Bir juft tyulen FaceTime yordamida o‘zaro muloqotga kirishyapti>>

Sidja va Beybifeys ismli tyulenlar iPad ning FaceTime qurilmasi yordamida o‘zaro muloqotga kirishyapti, deb ma'lum qilmoqda Mashable.

Buyuk Britaniyadagi hayvonot bog‘i ichida mehmonxona ochildi>>

Buyuk Britaniyada jahonda ilk bor hayvonot bog‘i ichida mehmonxona ochildi. The Daily Mail nashrining ma'lum qilishicha, otel The Lodge bristolida okttyabr so‘ngiga qadar ochiladi.

Rassom Chikagodagi tashlandiq binodan mo‘'jiza yaratdi>>

Rassom Tister Geyts 1 dollar evaziga Chikagodagi tashlandiq bank binosini sotib oldi va unga 3,7 million dollar pul sarflab, qayta ta'mirladi. Bino arxitektura yodgorligiga aylantirildi.

Fotojamlanma: Bu fotolarda zarracha fotoshop qo‘llanmagan>>

Saytimizda 20ta sara fotosuratni taqdim qilamiz. Zarracha ham fotoshop qo‘llanmagan bu suratlar orqali Yerning haqiqiy va tabiiy go‘zalligidan bahra olish mumkin.

Eng yorqin tabassumlar aks etgan fotosuratlar saralandi>>

Turli fotorassomlar tomonidan ishlangan fotosuratlar orasidan eng samimiy va eng yorqin qiyofalar tanlab olindi.

Tesla Xitoyda elektromobillar ishlab chiqarishni boshlashi mumkin>>

Tesla kompaniyasining bosh direktori Ilon Maskning qayd etishicha, korxona ikki yil ichida Xitoyda elektromobillarni ishlab chiqarishni boshlamoqchi. Bu haqda Business Insider nashri xabar tarqatdi.

Amerikalik besh nafar aksioner 1 kunda jami 10 mlrd dollar ishladi>>

Besh nafar amerikalikning umumiy mablag‘i bir kun ichida jami 10 milliard dollarga ortdi. USA Today gazetasida ma'lum qilinishicha, ular birjadagi kotirovkalarning birdaniga o‘sib ketishi orqali boyliklarini yanada orttirib olishgan.

Nyu-York birjasida Facebook aksiyasi narxi ilk marta 100 dollardan oshdi>>

Nyu-York birjasidagi savdolar chog‘ida Facebook kompaniyasi aksiyalari ilk marta 100 dollardan qimmatga sotildi.

Microsoft smartfonlari sotilishi bo‘yicha ko‘rsatkichlar 54 foiz pastladi>>

Umumiy faoliyat ko‘lamidagi yaxshi natijalarga qaramay, Microsoft kompaniyasining smartfonlar sotuvidagi bir necha oydagi ko‘rsatkichi 54 foizga tushib ketdi. Bu haqda Engadget nashri xabar tarqatmoqda.

Jyek Dorsi Twitter kompaniyasi aksiyalarining 1 foizini o‘z xodimlariga taqdim etadi>>

Twitter ijtimoiy tarmog‘i rahbari Jyek Dorsi o‘zining hamkasblariga kompaniyaning 1 foiz aksiyasiini taqdim etmoqchi. Bu haqda u mazkur tarmoqdagi sahifasida yozib qoldirgan.

Xonanda Dilso‘z o‘z farzandini dunyoga keltirgan tug‘ruqxona xodimlarini sudga berishi mumkin>>

Kecha va bugun Telegram ijtimoiy tarmog‘i orqali xonanda Dilso‘zning tug‘ruq jarayoniga oid suratlar tarqatildi.

Ueyn Runi haqida 10 ta qiziqarli ma'lumot>>

Bugun, 24 oktabr kuni “Manchester Yunayted” jamoasi hujumchisi Ueyn Runi o‘zining 30 yoshini qarshiladi.  Biz buyuk forvard haqidagi 10 ta qiziqarli ma'lumotni sizning e'tiboringizga havola etmoqchimiz. 

Domino’s Pizza restorani duxovkaga ega pitssamobil yaratdi>>

Domino’s Pizza restoranlar tarmog‘i va AQShning Roush Enterprises kompaniyasi pitssa yetkazib beruvchi Delivery ExPert yoki DXP deb nomlangan maxsus avtomobil qurishdi. Hammasi bo‘lib bunday mashinalardan 100 ta quriladi, ular yaqin uch oy ichida tarmoqning AQShning 25 ta shahridagi restoranlariga yetkaziladi.

Pele: Men hali 1970 yilgi Peledan zo‘rroq futbolchini ko‘rganim yo‘q>>

U Marca muxbiri savollariga javob berar ekan, Braziliya futbolining hozirgi holati va zamonaviy futbol yulduzlari haqidagi fikrlarini bayon etgan.

Top