10:53 / 24.10.2015
9650

«Minor» masjidi gumbazini ta'mirlash ishlari olib borilmoqda (foto)

Toshkentdagi «Minor» jome' masjidi gumbazini ta'mirlash ishlari boshlandi. Bu haqda «Gazeta.uz» xabar bergan.

Eslatib o‘tamiz, 17-18 oktabr kunlari yoqqan yomg‘irlar natijasida masjid gumbazidagi ko‘k rangli qoplamalarning bir qismi to‘kilib tushgandi.

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita tomonidan tuzilgan ishchi guruh hodisa joyiga yetib borib, masjidga yetgan zararni o‘rganib chiqqan.

Ma'lumot uchun, 2013 yili boshlangan masjid qurilishi ishlari 1 yil davom etib, 2014 yil 1 oktabr kunida foydalanishga topshirilgandi.

Top