07:32 / 24.10.2015
5302

Polsha bilan yaratilgan yangi qo‘shma korxona O‘zbekistonda yo‘llarni ta'mirlash bilan shug‘ullanadi

O‘zbekistonda birdaniga ikkita O‘zbekiston-Polsha qo‘shma korxonasi ochish rejalashtirilmoqda. Ulardan biri deyarli tashkil etib bo‘lingan hamda yo‘llarni ta'mirlash bilan shug‘ullanadi, ikkinchisi esa tog‘-konchiligi sohasida faoliyat olib boradi. Bu haqda Polshaning Toshkentdagi elchixonasi savdo va investitsiyalarga ko‘mak berish bo‘limidagi manbaga iqtibos keltirgan holda Sputnik nashri ma'lum qildi.  

“Tegishli hujjatlar imzolangan va yo‘llarni ta'mirlash korxonasining ustav kapitali shakllantirildi. Hozir texnologik liniya va yangi uskunalar olib kelinishi kutilmoqda. Balki yil oxirigacha qo‘shma korxona tuzilgan shartnomalar asosida aniq buyurtmalarni bajarishni boshlashga ulgurishi mumkin”, deb ta'kidlab o‘tdi manba.       

Diplomatning fikricha, O‘zbekistonda ikkita qo‘shma korxonaning ochilishi Polsha va O‘zbekiston o‘rtasidagi savdo aylanmasiga ijobiy ta'sir ko‘rsatishi kerak. 2015 yilning dastlabki 8 oyi yakunlariga ko‘ra ikki davlat o‘rtasidagi savdo aylanmasi 2014 yilning shu davriga nisbatan 23 foizga kamayib ketgan. Polshada ishlab chiqarilgan mahsulotlarning O‘zbekistonga eksporti deyarli 25 foizga, O‘zbekiston mahsulotlarining Polshaga eksporti esa 17 foizga kamayib ketgan.  

Top