09:14 / 24.10.2015
3776

Turkmaniston prezidenti Yaponiya bosh vaziri bilan muzokaralar o‘tkazdi

23 oktabrda Ashxobodda Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuxamedov va Turkmanistonga birinchi marta rasmiy tashrif bilan kelgan Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe o‘rtasida ikki tomonlama uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida asosiy e'tibor ikki tomonlama savdo-iqtisodiy aloqalarga qaratildi, deb xabar bermoqda Turkmenbusiness nashri.

Yaponiya bosh vaziriga tashrif davomida 31 ta yapon kompaniyasi vakillari hamrohlik qildi. Tashrif davomida ko‘plab hujjatlar, jumladan xususiy kompaniyalar loyihalari bo‘yicha hujjatlar imzolanishi rejalashtirilgan. Davlatlar nafaqat tabiiy gaz sohasida, balki boshqa ko‘plab sohalarda hamkorlik qilishga umid bildirishmoqda.      

Hozirda yapon kompaniyalari Turkmaniston bilan Bolqon viloyatining Qiyonli posyolkasida polietilen va polipropilen ishlab chiqaruvchi gaz-kimyo majmuasi va O‘vadandepe posyolkasida gaz qayta ishlash zavodi qurilishini amalga oshirmoqdalar.

Muzokaralar yakuniga ko‘ra 10 ta ikki tomonlama hujjat imzolandi. Ikki davlat yetakchisi qatnashishi rejalashtirilgan turkman-yapon biznes anjumanida hamkorlik haqida yana bir qator hujjatlar qabul qilinishi mo‘ljallangan.

Top