12:14 / 24.10.2015
11233

Ueyn Runi haqida 10 ta qiziqarli ma'lumot

Bugun, 24 oktabr kuni “Manchester Yunayted” jamoasi hujumchisi Ueyn Runi o‘zining 30 yoshini qarshiladi.  Biz buyuk forvard haqidagi 10 ta qiziqarli ma'lumotni sizning e'tiboringizga havola etmoqchimiz. 

1.  Tug‘ilib o‘sgan joyi va oilasi 

Ueyn Runi 1985 yilning 24 oktabr sanasida Krokset shaharchasida tavallud topgan.  Oilada uning yana ikki ukasi bor.  Otasi professional bokschi,  shu bilan birgalikda futbolning ashaddiy ishqibozi.  Onasi Janet maktabda oshpaz bo‘lib ishlagan. 

2.  Runaldomi yoki Shrek? 
Futbolga kirib kelgan paytlari uni Ronaldoga qiyosalashardi.  Shu bois unga “Runaldo” deb laqab qo‘yishgan.  Shuningdek Runiga taniqli multqahramon sharafiga “Shrek” deb ham nom berishgan. 

3.  Runi kazinoni sevadi 
Ueyn qiziqqon o‘yinlar shaydosi hisoblanadi.  Lekin kazinoda uning omadi doim ham yurishavermaydi.  U 2006 yilda 6 oy davomida 1 milliondan ortiq summani boy bergan.  

4.  Ueyn boks shaydosi 

Runiga boksga bo‘lgan qiziqish otasidan o‘tgan.  Britaniyalik taniqli bokschi Ritti Xatton Ueynning eng yaqin do‘stlaridan biri hisoblanadi.  Uning boksdagi kumiri esa Mayk Tayson bo‘lgan.  

5.  Kolin bilan tanishuv 
Runi va uning rafiqasi Kolin Maklaflin maktab yillaridayoq tanishishgan,  biroq 2003 yilga kelib ular ishqiy munosabat o‘rnata boshlashgan.  Runi xonim o‘zining “Mening dunyomga xush kelibsiz! ” nomli avtobiografik kitobida Runi bilan tanishuvi va u bilan munosabatlari haqida yozgan.

6.  Runining to‘yi rekord qo‘ydi! 

Runi va Kolin nikoh to‘ylarining eksklyuziv yoritish huquqini yulduzlar hayotiga ixtisoslashgan “Hello! ” jurnaliga 1,5 million funt sterling evaziga sotishdi.  “Sandi Times” o‘shanda shunday degandi:  “Bu mazkur jurnalning yulduzlar to‘yini eksklyuziv yoritish uchun to‘langan eng katta summasi bo‘lib qoldi .  Darvoqe,  jurnal Viktoriya Adams va Devid Bekxem,  Maykl Duglas va Ketrin Zeta Jonslarning to‘ylariga ham buncha to‘lamagandi. 

7.  Kinoshunos Ueyn  
Janob Ueyn kino ko‘rishni ham kanda qilmaydi.  U o‘zining sevimli filmi deb “Shousheknkdan qochish”ni tan oladi.  Bu kartinani takroran tomosha qilsa ham,  yana ko‘rgisi kelaveradi.  Shuningdek u kimsasiz orolga tushib qolsa o‘zi bilan “Soprano klani” serialining barcha qismlarini olishini va kimsasiz orolda serial tomosha qilishni xush ko‘rishini ta'kidlab o‘tgan. 

8.  Kollektsioner Runi 
30 yoshli futbolchi gitaralarning haqiqiy ishqibozidir.  Uning kolleksiyasida bir nechta gitaralar bor.  Runi kumiri ser Pol Makkartniga o‘zining gitaralaridan birini yuborib,  dastxat qo‘yib berishini so‘ragan. 

9.  Runi uchun futbol qiroli kim? 
Ueyn bolaligida Bobbi Charlton,  Dankan fFrgyuson,  Maykl Ouen kabi futbolchilarning o‘yinlarini sevib tomosha qilgan.  Biroq uning uchun futbol qiroli Pele yoki yuqoridagi futbolchilar emas,  balki Maradonadir.  Runi argentinalik “daho”ning haqiqiy ixlosmandi bo‘lgan. 

10.  “Uayt Xart Leyn”ni yaxshi ko‘radi 
Runi “Old Trafford”dan tashqari “Tottenxem” uy stadioni “Uayt Xart Leyn”da ham o‘ynashni xush ko‘radi.  Buning sababini so‘rashganida “Shrek” shunday degandi:  “U stadionda har doim ajoyib muhit hukmron.  Maydonning holati ham doimo yaxshi holatda”. 

Top