00:59 / 24.10.2015
9991

Ukraina tashqi ishlar vaziri: Rossiyaga qarshi harbiy harakatlarga hech kim jazm qilmaydi

Ukraina tashqi ishlar vaziri Pavel Klimkin Ukrainaning “Segodnya” nashriga bergan intervyusida Rossiya bilan urush boshlash ehtimoli haqidagi gaplarga izoh berib o‘tdi.

Klimkinning ta'kidlashicha, dunyodagi birorta davlat Rossiya bilan urushmagan bo‘lardi. Klimkin jurnalistning Qrimni qaytarib olish uchun qo‘llanishi mumkin bo‘lgan “richag”lar haqidagi savoliga “Rossiya kabi yadroviy davlatga qarshi hech kim bormaydi. Men nafaqat Ukrainani nazarda tutayapman”, deb aytdi.

Klimkin Rossiya hukumati roziligisiz Donbass hududiga BMT tinchlikparvar kuchlarini kiritishning imkoni yo‘qligini aytdi – BMT Xavfsizlik kengashi buni “tezlik” bilan hal qilishi mumkin, biroq bunga “Rossiyaning roziligi kerak”. “Rossiyaning roziligisiz biz bunday tinchlikparvar kuchlarni kiritmaymiz”, deb aytdi Klimkin.

Top