17:00 / 24.10.2015
3204

Yuqori Chirchiqda qalbaki spirtli ichimliklar ishlab chiqaruvchilar qo‘lga olindi

Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiqda tumanida istiqomat qiluvchi fuqarolar Aziz Ibrohimov va Rahmat Umidovlar qalbaki alkogol ichimliklar ishlab chiqarishda ayblanib, qo‘lga olindi. Bu haqda “Huquq” nashri yozmoqda.

Aytilishicha, tilga olingan fuqarolar o‘z uylarida yashirin sex tashkil qilib, bunday turdagi mahsulotlar ishlab chiqargan. Voqea joyidan 68 turdagi 1020 shisha spirtli mahsulotlar ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yilgan.

Top