23:41 / 25.10.2015
2889

Airbus rahbari Germaniyani o‘z mehnat bozorini muhojirlar uchun moslashtirishga chaqirdi

Airbus rahbari Germaniyani o‘z mehnat bozorini muhojirlar uchun moslashtirishga chaqirdi, deb ma'lum qilmoqda Reuters axborot agentligi. U muhojirlarga ish topish va jamiyatga qo‘shilib keta olishlari uchun ko‘p miqdorda kam haq to‘lanuvchi ish o‘rinlarini yaratish zarurligini aytdi.

Avvalroq iqtisodchilar va siyosatchilar muhojirlarning katta oqimi tufayli mamlakatda ishsizlik darajasi oshishi mumkinligidan ogohlantirgandilar. Bu muammoni hal qilish uchun Germaniya hukumatiga eng kam ish haqini o‘zgartirish va ko‘proq qisqa muddatli shartnomalar kiritish taklif qilinmoqda. Bu chora shu bilan bog‘liqki, agar mehnat bozoriga kirish bo‘sag‘asi juda baland bo‘lsa, unda muhojirlar jamiyatga normal qo‘shilib keta olmaydilar.

O‘z navbatida, bir qator iqtisodchilarning fikricha, muhojirlar oqimi iqtisodiyotning o‘sishiga turtki berishi mumkin, chunki ular xodimlar yetishmayotgan sohalar, misol uchun, mashinasozlikda ishlashlari mumkin.

Avvalroq nemis politsiyasi kasaba uyushmasi rahbari Rayner Vendt Germaniya chegarasida to‘siqlar qurish zarurligini aytdi. Uning bu taklifi muhojirlarning mamlakatga kelishi to‘xtamayotgani bilan bog‘liq ravishda bildirilgan.

Top