07:43 / 25.10.2015
8689

Amerikalik siyosatshunos Koen: AQSh ko‘p qutbli zamonaviy dunyo uchun muammoga aylanmoqda

Amerikalik siyosatshunos, Prinston universiteti professori Stiven Koen AQSh Sobiq ittifoq parchalangandan keyin olgan “dunyodagi yagona superdavlat” maqomini yo‘qotishdan qo‘rqadi, deb hisoblamoqda.   

Siyosatshunosning fikricha, Vashingtonning Osiyo va Yevropadagi harakatlari AQShning zamonaviy dunyoning ko‘p qutbli ekanligini tan olishni istamayotganidan darak beradi.

“Vashington faol tarzda Osiyo, Yevropa va Yaqin Sharqda o‘zining “yagona superdavlat” maqomini saqlab qolishga urinmoqda. Bundan AQShning Ukraina inqirozini tinchlik bilan hal qilish uchun Fransiya, Germaniya va Rossiyaga qo‘shilishni rad etayotganligi hamda Vashingtonning Vladimir Putinning Suriya va Iroqda IShIDga qarshi kurashiga qo‘shilishni istamayotgani darak beradi”, deb aytdi Koen The Nation teleko‘rsatuvida.

Professor AQSh dunyoning ko‘p qutbligiga qarshilik ko‘rsatishi bilan zamonaviylikka qarshilik ko‘rsatayotganiga e'tiborni qaratdi.

“Zamonaviy dunyo ko‘p qutbli – bundan tarix, iqtisodiyot, siyosat, milliy an'analar, transmilliy inqirozlar guvohlik beradi va AQSh bunga qarshilik ko‘rsatishi bilan muammoning yechimi emas, bir qismiga aylanmoqda”, deb hisoblamoqda Koen.

Top