09:04 / 25.10.2015
3353

AQSh avtomobil sanoati ishchilari kasaba uyushmasi General Motors’ga ish tashlash bilan tahdid qilmoqda

23 oktabrda Fiat Chrysler avtomobilsozlik konserni bilan ishchilarga maoshlarning ko‘tarilishi bo‘yicha kelishuvga erishgan AQSh avtomobilsozlik sanoati ishchilari birlashgan kasaba uyushmasi (UAW, United Automobile Workers) boshqa avtomobilsozlik konserni – General Motors’ga ish tashlash bilan tahdid qilmoqda. Bu haqda 24 oktabrda AQShdagi eng katta kasaba uyushmalaridan hisoblanuvchi UAW vakillari e'lon qildilar.

UAW GM’dan korporatsiya zavodlarida ishlaydigan xodimlarining maoshlarining oshirilishini hamda kelishuvlar yakunlanmaguncha aniq summalarni oshkor qilmaslikni talab qilmoqda. Kasaba uyushmasi va GM o‘rtasida tuzilgan 4 yillik shartnomaning muddati 26 oktabrda o‘z nihoyasiga yetadi. UAW’da ta'kidlanishicha, agar bu vaqtgacha GM kasaba uyushmasini qanoatlantiruvchi shartlarni taklif qilmasa, unda General Motors’ning AQShdagi zavodlarida ishlaydigan 52 mingdan ko‘proq ishchisi ish tashlashni boshlaydi.

UAW’ning aniq talablari ma'lum qilinmayapti, biroq kasaba uyushma vakillari maoshlarning Fiat Chrysler’dagidan ko‘proq oshirilishi talab qilinayotganini aytib o‘tdilar. Ular buni GM o‘zining raqobatchisidan anchagina ko‘proq foyda olishi va shuning uchun ko‘proq xarajatlar qila olishi bilan tushuntirishmoqda. 

GM’da o‘z navbatida ta'kidlanishicha, korporatsiya “biznesga ham, xodimlarga ham ma'qul bo‘ladigan kelishuvning tuzilishi”ni rejalashtirmoqda va shu munosabat bilan iyuldan beri olib borilayotgan muzokaralarni davom ettirmoqchi.

UAW shu haftada Fiat Chrysler italyan-amerika avtokonserni bilan xodimlarning maoshi oshirilishi bo‘yicha kelishuvga erishdi. Unga ko‘ra katta mehnat stajiga ega bo‘lgan xodimlarning maoshi soatiga 30 dollargacha oshiriladi. Shuningdek, yangi kelgan ishchilar va tajribali ishchilar maoshlari o‘rtasidagi tavofut ham kamaytirildi

Top