18:27 / 25.10.2015
2632

Britaniya noqonuniy muhojirlar muammosiga qarshi kurash uchun ikkinchi harbiy kemasini jo‘natdi

Buyuk Britaniya O‘rta Yer dengiziga noqonuniy muhojirlarning Afrika va Yaqin Sharqdan Yevropaga noqonuniy yo‘l bilan olib o‘tilish holatlariga qarshi kurash uchun yana bir kema yubordi. 

Sky News xabariga ko‘ra, Buyuk Britaniya Qurolli kuchlariga tegishli HMS Richmond fregati Liviya qirg‘oqlari yaqinidagi suvlarni nazorat qilayotgan kemalar guruhiga borib qo‘shilgan. Bu guruh tarkibidagi kemalarning maqsadi kontrabandachilar tomonidan xavfli sharoitlarda odamlarni dengizdan olib o‘tish harakatlariga chek qo‘yish hisoblanadi.
BMT rezolyutsiyasiga ko‘ra, bu kemalar kapitani shubhali kemalarni to‘xtatish va kontrabanda holatlari aniqlanganda, kemalarni o‘z nazorati ostiga olish huquqiga ega bo‘ladi.
Buyuk Britaniya Mudofaa vaziri Maykl Fellon "kontrabandachilarga qarshi kurash choralari kuchaytirilishi"ga va'da bergan.

Top