19:58 / 25.10.2015
3228

Enrike «Real» hakamlarga bosim o‘tkazgani haqidagi xabarni tekshirishni talab qildi

"Barselona" jamoasi bosh murabbiyi Luis Enrike "Real" klubi tomonidan hakamlarga bosim o‘tkazilgani haqida tarqalgan xabarlar yuzasidan fikrini bildirdi.

"Bunday xabarlar har doim yoqimsiz. Xohlaymanki, bu borada tekshiruv o‘tkaziladi. Chunki har qanday holatning oldini olish kerak.

Bu borada gap tarqatishni istamayman. Masala juda jiddiy. Bu qanchalik haqiqat ekanini aniqlash uchun tekshiruv o‘tkazish kerak. Olovga moy sepishni istamayman, men shunchaki surishtiruv ishlari o‘tkazilishiga umid qilaman. Chunki men bu mamlakatda ko‘p narsalarga ishona olmayman", - deydi murabbiy.

Eslatib o‘tamiz, "Real" bosh murabbiyi Rafael Benites ham bu xabarlarni tekshirishni so‘ragandi.

Bir necha kun oldin Kataloniya OAVi "Real" "Barselona" bilan o‘yinda ishlaydigan hakamlarga bosim o‘tkazishga uringani haqida xabar tarqatgandi.

Top