18:13 / 25.10.2015
5455

Eron Kaspiy dengizida boshqa davlatlar harbiy-dengiz kuchlarining kirishiga yo‘l qo‘ymasligini ma'lum qildi

Eron harbiy-dengiz kuchlari Kaspiy dengizida Kaspiyoldi mamlakatlaridan boshqa mamlakatlarning harbiy-dengiz kuchlarini kirishiga yo‘l qo‘ymaydi. Bu haqda 25 oktabr kuni Press TV telekanaliga intervyu berarkan, Eron harbiy-dengiz kuchlari kontr-admirali Habibulloh Sayyoriy aytib o‘tgan.

"Eron Islom respublikasi Kaspiy dengizidan unga tutash mamlakatlar qatori foydalanish huquqiga ega va boshqa bir mamlakatning unga harbiy kuchlarini olib kirishiga indamay qarab turmaydi ", - dedi kontr-admiral.

Habibulloh Sayyoriyning ta'kidlashicha, Kaspiy dengizi har qanday qarama-qarshilikdan, beqarorlikdan, giyohvand moddalar aylanuvidan, kontrabanda tovarlari olib o‘tiluvidan holi va tinchlik hamda do‘stlik dengizi bo‘lishi kerak.

Top