23:33 / 25.10.2015
3307

Iroq armiyasi aviazarbalari natijasida IShIDning 16 jangarisi yo‘q qilindi

Iroq armiyasi Ramadi shahrining Al-Buisa tumanidagi IShIDning pozitsiyalariga aviazarbalar berishi natijasida 16 nafar jangari yo‘q qilindi, deb xabar bermoqda Anbar viloyatidagi harbiy operatsiya qo‘mondonligiga iqtibos keltirgan holda RIA “Novosti” axborot agentligi.

“Iroq armiyasi samolyotlari Al-Buisa tumanida IShID jangarilarini o‘qqa tutiishi natijasida 16 jangari yo‘q qilindi”, deyilmoqda xabarda.

Iroq samolyotlari, shuningdek, Ramadi yaqinida bronetransportyor va ikkita raketa uchiruvchi qurilmani aniq nishonga olgan.

Top