11:21 / 25.10.2015
3783

La Liganing 9-turi. "Sevilya" yirik hisobda g‘alaba qozondi va boshqa natijalar

24 oktabr kuni Ispaniya chempionatida 9-tur doirasida 4ta uchrashuv o‘tkazildi.

Dastlab, "Real" safarda "Selta" ustidan 3:1 hisobida g‘alaba qozonib, peshqadamligini mustahkamladi.

Mavsumni omadsiz boshlagan "Sevilya" o‘ziga kelmoqda. "Xetafe"ni qabul qilgan jamoa 5:0 hisobidagi yirik g‘alabaga erishdi va turnir jadvalida 14-o‘rindan 9-o‘ringa yuqoriladi.

Ispaniya chempionati, 9-tur

Selta – Real Madrid 1:3
Gollar: 0:1 – 8 Ronaldu, 0:2 – 23 Danilo, 1:2 – 83 Nolito, 1:3 - 90+5 Marselo.
Selta – Alvares, Kabral, Kastro, Malo, Gomes, Ernandes (Planas, 81), Fernandes, Orelyana (Gvidetti, 82), Vass (Radoya, 67), Nolito, Aspas.
Real Madrid – Navas, Varan, Marselo, Danilo, Ramos, Kroos, Kazemiro, Xese (Cheryshev, 70), Modrich (Nacho, 80), Vaskes (Isko, 62), Ronaldu.
Ogohlantirishlar: Kabral (37), Vaskes (52), Aspas (57), Ernandes (57), Fernandes (57), Nolito (61).
Chetlatish: Kabral (57).

Sevilya – Xetafe 5:0
Gollar: 1:0 – 35 Gameyro, 2:0 – 45 Gameyro, 3:0 – 50, penalti Banega, 4:0 – 60, penalti Gameyro, 5:0 – 81, penalti Konoplyanka.
Sevilya – Riko, Mariano, Rami, Kolodzeychak, Tremulinas, Iborra (Nzonzi, 61), Kryxovyak, Vitolo, Banega (Kron-Deli, 65), Konoplyanka, Gameyro (Lorente, 71).
Xetafe – Guaita, Vigaray, Verxini, Ruano, Lago, Rodriges, Lasen, Leon (Vamberto, 56), Sarabiya (Buendia, 56), Rodriges (Suares, 61), SHCHepovich.
Ogohlantirishlar: Vigaray (49), Iborra (51), Rodriges (52).
Chetlatish: Vigaray (59).

Granada – Betis 1:1
Gollar: 1:0 – 3 Fulke, 1:1 – 40, penalti Ruben Kastro.
Granada – Fernandes, Fulke, Lomban, Maynts, Biragi, Peres (Lopes, 77), Krxin, Markes, Saksess (Bifuma, 81), El-Arabi, Piti (Rochina, 54).
Betis – Adan, Pichchini, Bruno Gonsales, Vestermann (Petstselya, 58), Varela, Sanches (Digar, 82), Ndiayye, Petros, Portilo, Rennella (Sebalos, 54), Ruben Kastro.
Ogohlantirishlar: Markes (33), Peres (39), Varela (69), Portilo (78), Biragi (78), Digar (84).

Malaga – Deportivo 2:0
Gollar: 1:0 – 62 Tigaduini, 2:0 – 85 Karlos.
Malaga – Kameni, Rosales, Albentosa, Veligton, Boka, Resio (Fornals, 78), Tissone, Duda (Eshpinyu, 65), Tigaduini (Orta, 83), Karlos, Sharles.
Deportivo – Lyuks, Xuanfran (Kani, 73), Arribas, Sidney, Navarro, Fajr, Borxes, Moskera, Kartabiya (Luis Alberto, 58), Riyera (Laure, 58), Peres.
Ogohlantirishlar: Moskera (9).

Bugun va ertaga "Barselona" - "Eybar", "Atletiko" - "Valensiya", "Levante" - "Read Sosedad", "Las-Palmas" - "Vilyarreal" hamda "Sporting Xixon" - "Atletik" uchrashuvlari o‘tkaziladi.

23 oktabr kuni "Rayo Valekano" "Espanol"ni 3:0 hisobida mag‘lub etgandi.

Top