10:16 / 25.10.2015
3126

Lukashenko xorijdagi vatandoshlari Belarusdagi hokimiyatni tanqid qilayotganlaridan norozi bo‘lmoqda

Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko xorijdagi vatandoshlari, shu jumladan Nobel mukofotlari sovrindorlari Belarusdagi hokimiyatni tanqid qilayotganlaridan norozi bo‘lmoqda

Rus tilida ijod qiluvchi, belaruslik nasrnavis yozuvchi Svetlana Aleksiyevich 2015 yilgi adabiyot bo‘yicha Nobel mukofoti sovrindori bo‘ldi. Belarusdagi davlat siyosatining ba'zi jihatlariga tanqidiy baho beruvchi yozuvchi oktabrda hokimiyat yozuvchiga go‘yoki u yo‘qdek va hech qayerda ishtirok eta olmaydigandek munosabatda bo‘layotganini tanqid qildi. Biroq keyinroq Lukashenko yozuvchi ayolni mukofot olgani bilan tabrikladi va “inson qayerlaridir muxolifatcha bo‘lsa ham, o‘z fikrini bildira olishi yaxshi” deb aytdi.

Minskda Lukashenko belarus ildizlariga ega taniqli bastakor Viktor Drobishni Frantsisk Skorina ordenini bilan taqdirlayotgan paytda “Siz bizning ba'zi ijodkorlardan, hattoki Nobel mukofotini hali olishga ulgurmay, chetga chiqib va o‘z davlatiga bo‘hton ag‘darishga harakat qilgan Nobel mukofoti sovrindorlaridan farqli o‘zingizni belarusman deb atashdan uyalmagansiz”, deb aytdi.

“Bu mutlaq noto‘g‘ri, bu muholifatchilik emas, chunki o‘z vatani, o‘z ona tuprog‘i, o‘z ota-onasini hech kim tanlay olmaydi. Va sen vatan haqida yomon gapirib, undan uyalsang, unda bu avvalambor sening yomon o‘g‘lonligingdan darak beradi”, deb qo‘shimcha qildi Lukashenko.

Lukashenko yozuvchining Nobel mukofoti “qanday fikrda bo‘lishingga qaramasdan, Belarusda ishlash va ijod qilish, yozish va o‘z fikrini bildirishning imkon borligini” ko‘rsatadi, deb aytdi. Lukashenkoning aytishicha, hozir yozuvchi uning zimmasiga tushgan bu “yuk” – Nobel mukofoti sovrindori degan nom va dunyo e'tiboridan “o‘z xalqi manfaati yo‘lida” to‘g‘ri foydalana olishi eng asosiysidir.

Top