22:48 / 25.10.2015
4594

O‘zbekiston axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligida Yaponiyaning “NEC” korporatsiyasi vitse-prezidenti bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

2015 yil 24 oktabrda O‘zbekiston axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligida O‘zbekistonga rasmiy tashrif doirasida Yaponiya bosh vaziri Shindzo Abe boshchiligidagi ishbilarmonlik doiralari delegatsiyasi tarkibida kelgan, Yaponiyaning “NEC” korporatsiyasi ijrochi vitse-prezidenti Xideichi Okada bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Yuqori martabali mehmon bilan uchrashuv davomida telekommunikatsiya va axborot texnologiyalari sohasidagi joriy va istiqbolli loyihalarni amalga oshirish doirasida keyingi hamkorlik masalalari muhokama qilindi, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida xodimlarni tayyorlash sohasida hamkorlik rejalari bo‘yicha fikrlar almashinildi, yangi innovatsion loyihalarni ishlab chiqish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.

Top