21:27 / 25.10.2015
4536

O‘zbekiston va Yaponiya tashqi savdoni rivojlantirish tashkiloti qo‘shma loyihalarni amalga oshiradi

24 oktabrda O‘zbekiston Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligida Yaponiya tashqi savdoni rivojlantirish tashkiloti – “JYeTRO”raisi Xiroyuki Ishige bilan muzokaralar o‘tkazildi.

Uchrashuv davomida ikki davlat o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli savdo-iqtisodiy, investitsion va innovatsion-texnologik hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Xiroyuki Ishige yapon biznesining o‘zbekistonlik hamkorlar bilan uzoq muddatli aloqalarni rivojlantirishga qiziqish bildirayotganini ta'kidlab o‘tdi. Ishigening aytishicha, bundan Toshkentga Yaponiyaning yetakchi korporatsiya va kompaniyalarining (“Mitsubisi”, “Mitsui”, “Isuzu”, “Itochu”, “Jogmek”, “Marubeni”, “Shimidzu”, “Sumitomo”, “Sojits”, “Toyota Tsuse” va boshqalar) 200 dan ortiq rahbarlari va vakillarining Yaponiya bosh vaziri Shindzo Abening O‘zbekistonga tashrifi doirasida 25 oktabrda tashkil etilgan qo‘shma biznes-anjumanida ishtirok etish uchun kelgani darak beradi.

Uchrashuv natijalariga ko‘ra yapon kompaniyalarining ilg‘or tajribasi va zamonaviy texnologik yechimlarini jalb qilgan holda O‘zbekiston iqtisodiyotining turli tarmoqlarida hamkorlikning istiqbolli loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha faol hamkorlikni davom ettirishga erishildi.

Top