16:27 / 25.10.2015
2504

Polsha shimolidagi saylov uchastkasida yong‘in sodir bo‘ldi

Polshada bo‘lib o‘tayotgan parlament saylovlari doirasida noodatiy voqea sodir bo‘ldi. TVN24 telekanali xabariga ko‘ra, Polsha shimolidagi saylov uchastkalaridan birida yong‘in chiqqan.

Aniqlik kiritilishicha, bu voqea Kuyavsko-Pomorsk viloyatidagi Biskupin qishlog‘ida yuz bergan.
Natijada, 3-raqamli saylov uchastkasi faoliyati to‘xtatilgan. Ovoz berish jarayoni esa qishloq maktabida davom ettirilgan.

Ushbu uchastkada yong‘in chiqqan mahalda bino ichida saylov komissiyasi a'zolari bo‘lishgan va ular o‘z vaqtida barcha hujjatlar bilan tashqariga chiqishga ulgurishgan.
Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, bu yong‘inga xavfsizlik choralariga rioya qilinmagani sabab bo‘lgan. O‘tni o‘chirish jarayonida 6 nafar o‘t o‘chiruvchi ishtirok etgan.

Top