10:26 / 26.10.2015
2334

“Fukusima-1”da okeanni zararlangan yerosti suvlaridan ajratuvchi devorlar qurildi

Avariyaga uchragan “Fukusima-1” AESda okeanni zararlangan yerosti suvlaridan ajratuvchi po‘lat devorlar qurilishi yakunlandi. Bu haqda stansiyaning operatori bo‘lmish Tokyo Electric Power energetik korporatsiyasi xabar berdi.

Devor qirg‘oq chizig‘i bo‘ylab barpo etilgan bo‘lib, 780 m uzunlikka va 30 m chuqurlikka ega. Devorlarni qurish 2012 yili boshlangan bo‘lib, bugun oxirgi ishlar amalga oshirildi.
Taxmin qilinishicha, bu to‘siq zararlangan va radiatsiyaga uchragan yerosti suvlarining okeanga oqib ketish hajmini kuniga 400 tonnadan 10 tonnaga tushiradi. Devor ortida to‘planib qoladigan suvlar radiatsiyadan tozalanib, keyin okeanga chiqarib yuboriladi.

Top