19:07 / 26.10.2015
3275

Eron O‘zbekistonga yangi elchi jo‘natdi

2015 yilning 26 oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Eron Islom Respublikasining yangi tayinlangan favqulodda va muxtor elchisi Bahman Og‘oroziy Dormanini qabul qildi. Bu haqda O‘zbekiston TIV matbuot xizmati xabar bergan.

Elchi ishonch yorliqlari nusxasini topshirdi.

Suhbat chog‘ida siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda O‘zbekiston va Eron o‘rtasidagi hamkorlikning hozirgi holati va uni rivojlantirishning istiqbolli yo‘nalishlari muhokama qilindi.

Uchrashuvda transport-kommunikatsiya sohasidagi aloqalarni chuqurlashtirishdan ikki tomon ham manfaatdorligi qayd etildi.

Shuningdek, ba'zi xalqaro va mintaqaviy masalalar yuzasidan ham fikr almashildi.

Top