21:51 / 26.10.2015
3280

Internetda Samsung kompaniyasining 18,4 dyuymli yangi plansheti ma'lumoti paydo bo‘ldi

Adorama do‘konining saytida 18,4 dyuymli Samsung Galaxy View plansheti haqida ma'lumot chiqdi.

Planshetning narxi 32 GB ichki xotiraga ega bo‘lgan holda 599 dollarni tashkil etmoqda. Qurilma 1920 x 1080 pikselga ega bo‘lishi kutilmoqda. Planshet Samsung kompaniyasi mahsuloti bo‘lmish Mali-T720 grafik chipili sakkiz yadroli Exynos 7580 protsessori bilan jihozlangan. Qurilma 2 GBli tezkor xotiraga hamda 2 Mpli kameraga ega. AnTuTu ma'lumotiga ko‘ra, planshet 40 mingga yaqin ball to‘plagan. Galaxy View 8,5 soat ishlay oladi.

Top