01:19 / 26.10.2015
3834

Ispaniya primerasi, 9-tur: Suares xet-trigi “Barselona”ga “Eybar” ustidan irodali g‘alabani ta'minladi

25 oktabrda Ispaniya primerasining 9-turida “Barselona” o‘z maydonida “Eybar” ustidan 3:1 hisobida g‘alabaga erishdi.

Uchrashuvning 10-daqiqasida Borxa Gonsales mehmonlarni hisobda oldinga olib chiqdi. 1-bo‘limning o‘rtalarida Luis Suares hisobni tenglashtirdi. Suares 48-daqiqada va o‘yinning asosiy vaqti tugashiga 5 daqiqa qolganda yana bittadan to‘p kiritib, xet-trikka erishdi. Hisob 2:1 bo‘lib turgan paytda “Barsa” futbolchisi Xaver Maskerano maydondan chetlatildi.

Uchrashuvning yana bir etiborli jihati shundaki, Suares o‘tgan yilning aynan shu kuni “Barsa” tarkibida ilk bor Primera doirasida “Real”ga qarshi uchrashuvda maydonga tushgandi. Uchrashuv “Real” maydonida bo‘lib o‘tgan va 3:1 hisobida madridliklar foydasiga yakunlangan edi. Suares ushbu uchrashuvda o‘z hisobiga Neymarga oshirgan golli uzatmani yozib qo‘ygan.

Suares o‘tgan bir yil davomida yangi klubi safida Ispaniya chempioni, Ispaniya kubogi sohibi, Chempionlar Ligasi chempioni, UYeFA superkubogi sohibi kabi unvonlarni qo‘lga kiritdi.

Ayni paytda “Barselona” Primerada 2-o‘rinda ketmoqda, uning hisobida 21 ochko bor. 13 ochko to‘plagan “Eybar” esa 7-o‘rinni egallamoqda.

Ispaniya Primerasi. 9-tur
Barselona– Eybar – 3:1
Gollar: Gonsales, 10 (0:1); Suares, 21 (1:1); Suares, 48 (2:1); Suares, 85 (3:1).
Chetlatish: Maskerano, 83 (Barselona).

Ushbu kuni o‘ynalgan qolgan uchrashuvlar quyidagicha hisob bilan yakunlandi:

Levante – Real Sosedad – 0:4
Gollar: Vela, 8 (0:1); Agireche, 35 (0:2); Ilyaramendi, 82 (0:3); Vela, 84 (0:4).
Chetlatish: Deyverson Brum, 90 (Levante).

Las-Palmas – Vilyarreal – 0:0

Top