18:16 / 26.10.2015
2807

Nazarboyev Qatar ishbilarmonlari bilan uchrashuv o‘tkazdi

Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev Qatarga rasmiy tashrifi doirasida ushbu mamlakatning ishbilarmon davralari vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda Qozog‘iston telegraf agentligining safarda ishtirok etayotgan muxbiri xabar berdi.

“Qatar nafaqat o‘z mintaqasida, balki xalqaro maydonda ham muhim o‘yinchi hisoblanadi. Uning obro‘yi yildan yilga oshmoqda”, - deb ta'kidladi Nazarboyev uchrashuv chog‘ida.
Shuningdek, u neft narxlarining o‘zgaruvchanligi tufayli qiyin vaziyatga tushib qolganini tan oldi. Bu davrda Qatar bilan aloqalarni rivojlantirish har ikki tomon uchun samara berishi mumkinligi ta'kidlandi.

Top