17:58 / 26.10.2015
7006

OAV: Bayrutdagi aeroportda saudiyalik shahzodalardan biri 2 tonna narkotik bilan qo‘lga tushdi

Livan sudi raisi Dani Sharabiya Bayrut aeroportida giyohvandlik moddalarini olib o‘tishga urinishi jarayonida qo‘lga olingan saudiyalik shahzodani hibsga olishga buyruq berdi.

«Ad-Diyor» gazetasining yozishicha, hibsga olingan shahzoda Abdul Muhsin bin Volid bin Abdul Aziz Saidyaning Xail provinsiyasi rahbarining o‘g‘li bo‘lgan.

Gazetaning guvohlik berishicha, shahzoda tekshiruvdan o‘tkazilganda uning yuklari orasidani 40 qadoqlangan qutiga joylashtirilgan jami og‘irligi 2 tonna giyohvand moddalar qo‘lga olingan.

Shahzoda Bayrutdan shaxsiy samolyoti orqali Saudiya qirolligiga parvoz qilishni rejalashtirgan bo‘lgan.

Top