19:18 / 26.10.2015
3128

O‘zbekiston va Yaponiya turizm sohasida hamkorlik masalalarini muhokama etishdi

26 oktabr kuni Toshkentning «Grand Mir» mehmonxonasida B2B ko‘rinishida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda Yaponiya sayyohlik agentligi assotsiyasi (JATA) rahbari Xiromi Tagava va O‘zbekistoni sayyohlik kompaniyasi o‘rtasida muzokara o‘tkazildi.

Ushbu uchrashuv dasturi doirasida sayyohlik biznesi vakillari bilan sayyohlik sohasidagi eng dolzarb masalalar muhokama etildi. Yaponiya vakillariga O‘zbekiston sayyohlik salohiyati qudrati namoyish etildi.

“O‘zbekturizm” milliy kompaniyasining ma'lum qilishicha, sayyohlik sohasida yapon vakillari O‘zbekistonning sayyohlik borasidagi salohiyati qiziqtirib qo‘ygan va har ikki tomon ushbu soha doirasida qator loyihalar, ma'lumotlar, har ikki tomon sayyohlar oqimini kegaytirish va shu kabi masalalar borasida muzokara o‘tkazishgan.

Top